
FR: "Real" hech qachon yutolmagan ingliz klubini bilasizmi?
EChL chorak finalining dastlabki o‘yinlari nihoyasiga etdi. O‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilgan musobaqaning amaldagi g‘olibi biroz avval tugagan bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mavzuni davom ettirgan holda "qirollik klubi"ning ingliz jamoalariga qarshi umumiy statistikasini taqdim qilamiz. Madrid klubi bugungacha "Tumanli Albion"ning 9 vakiliga qarshi 51 marta rasmiy uchrashuvlarda maydonga chiqqan edi. Ulardan 22tasi "Real" foydasiga hal bo‘lgan. "Aristokratlar" ustidan qozonilgan g‘alaba 23-si bo‘ldi (52-bahsda).
Ispan grandi eng ko‘p to‘qnashgan ingliz jamoalari "Liverpul" va "Manchester Yunayted" hisoblanadi (11 martadan).
Eng ko‘p mag‘lubiyatga uchratilgani esa "Liverpul" bo‘lib, mersisaydliklar 7 bor xafa qilingan.
"Real"ni eng ko‘p yutgan ingliz tamsilchisi "Chelsi" hisoblanadi. "Aristokratlar" o‘zaro o‘yinlarda 4 bor ustun kelishgan.
"Qaymoqranglilar"ning eng yomon natijalari "Arsenal" va "Ipsvich Taun"ga to‘g‘ri keladi. "Real" ushbu jamoalarga qarshi 2 martadan rasmiy o‘yinda maydonga chiqib, hech birini yuta olmagan. "Ipsvich" bilan o‘yinlar uzoq 1973 yilda o‘tkazilgan edi. "Arsenal"ga boy berilgan 2006 yilgi EChL nimchorak finalini eslasangiz kerak. O‘shanda Anrining yagona goli Arsen Venger shogirdlarini keyingi bosqichga olib chiqqan edi.
Fikrlar