Frantsiya Italiyadan revansh oldi. Desham g‘alaba haqida fikr bildirdi

  • 18.11.2024 09:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Dide Desham Millatlar ligasi doirasida Italiya ustidan qozonilgan g‘alabani (3:1) yuqori baholadi. 

"Biz bu oson bo‘lmasligini bilardik. Sababi, Italiya o‘ta yuqori formada bo‘lgan paytda g‘alaba bizga birinchi o‘rinni qaytarib olish imkonini berdi. Natija munosib bo‘ldi. Biz o‘z ishimizni qoyilmaqom tarzda bajardik. 

Italiyadan mag‘lub bo‘lgandik (ilk turda 1:3). Bu safar o‘sha mag‘lubiyat xatolarni takrorlamaslikka yordam berdi", - dedi frantsiyalik murabbiy. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!