Frantsiya terma jamoasi hujumchisi uchun Evro-2020 tugadi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele uchun Evro-2020ning qolgan qismi yakunlandi. Bu haqda Frantsiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Dembele jarohat tufayli endi terma jamoaga yordam bera olmaydi. U Vengriyaga qarshi bahsning 57-daqiqasida maydonga tushgandi. Biroq tizzasidan olgan jarohat tufayli 87-daqiqada almashtirildi.
Usmon Dembele Evro-2020da Franiya termasida 2 o‘yinda ishtirok etdi. Biroq raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmadi.
U "Barselona" klubida ham jarohatlardan boshi chiqmayapti. Shu bois unga ishonch kamaygan.

Fikrlar