Frantsiya terma jamoasi yulduzi APLga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Inter" hujumchisi Markus Tyuram faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Milaning "Inter" klubi forvardi Markus Tyuram Angliya Premier-ligasi vakillarining radariga tushgan. Ayni vaqtda aynan qaysi klub uning xizmatlariga qiziqayotgani oshkor qilinmagan. Biroq kelayotgan yozda katta ehtimol bilan fransuz futbolchisi Angliyaga ko‘chib o‘tadi. Bu haqida taniqli insayder Fabrizio Romano ma’lum qilgan. Muzokaralar Jahon chempionatidan so‘ng boshlanishi kutilmoqda. Markusning "neradzurrilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 60 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli strayker joriy mavsumda umumiy 31ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assistgni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar