Frantsiya termasini 14 yil boshqargan Desham Saudiya bilan muzokara boshladi
Frantsiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Didye Desham Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubiga bosh murabbiy sifatida taklif etilishi mumkin.
RMC Sport xabariga ko‘ra, 57 yoshli mutaxassis Saudiya Arabistoni klubi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Biroq yakuniy qaror mamlakat suveren jamg‘armasi rahbariyati tomonidan qabul qilinadi. Eslatib o‘tamiz, Didye Desham joriy yozda Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan edi. Uning qo‘l ostidagi jamoa so‘nggi jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda fransuzlar Angliyaga 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shuni ham qayd etish kerakki, Didye Desham klub darajasida oxirgi bor 2012 yilda ishlagan — o‘shanda u «Marsel»ni boshqargan. Unga qadar mutaxassis «Yuventus» va «Monako» klublarini ham boshqargan.

Fikrlar