Frantsiyada Husanovni tanlashdi!

  • 26 may, 2024, 21:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov yakunlangan mavsumda Frantsiya futboli tarixida ushbu mamlakat yuqori divizionida ishtirok etgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixda qoldi.

Tecno

Frantsiya futbolini yoritayotgan nufuzli manbalar mavsumni tahlil qilib, yil davomida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar xizmatini e’tirof etmoqda. Xususan, le11hdf.fr sayti ekspertlari “Lans” futbolchilari orasida to‘qqizta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblari nomini e’lon qildi.

Eng yaxshi o‘yinchi: Nil Al-Aynaui

“Nansi”ning sobiq futbolchisi “Lans”ga juda katta foyda keltirdi. Nil maydon markazidagi bo‘shliqni to‘la yopa oldi va jamoa o‘yinini tashkillashtirishda jonbozlik ko‘rsatdi.

Mavsumni bo‘sh o‘tkazgan o‘yinchi: Adrien Tomasson

“Starsbur”dan 2023 yilning boshida olib kelingan futbolchiga hujumlarni tashkil etishda samaradorlik etishmadi va ichki raqobatda mag‘lub bo‘ldi. Tomasson bora-bora zaxiraga mixlanib qoldi. Ishonch bildirilgan o‘yinlarda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.

Mavsum kashfiyoti: Abduqodir Husanov

Hammaga notanish bo‘lgan o‘zbek futbolchisi Frantsiyada nom qozonish uchun uzoq vaqt sarflagani yo‘q. Abduqodir yosh bo‘lishiga qaramay, juda yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Agar u asosiy  va tajribali himoyachilar – Jonatan Gradit, Kevin Danso va Fakundo Medinaning ortidan qoladigan bo‘lsa, boshqa klublar tomonidan talash bo‘lishi aniq.

Bu muvaffaqiyatlar yangi mamlakat, begona til, o‘zgacha muhit va umuman boshqa darajadagi futbolga duch kelgan sharoitda qo‘lga kiritilgani kelasi mavsum Husanovdan ko‘p narsa kutish mumkinligidan dalolat bermoqda.

Ishonchni oqlamagan futbolchi: Salis Abdul Samed

2022-2023 yilgi mavsumning eng kuchli o‘yinchisi bo‘lgan ganalik futbolchi bu gal o‘zining soyasiga bo‘ldi xolos. Mavsumlar oralig‘ida talab darajasida shug‘ullana olmagani uchun chempionat davomida ham jismoniy, ham texnik tomondan zaif o‘ynadi. Yarim himoya etakchisi rolini ko‘tara olmadi.

Eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchi: Ele Vaxi

27 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urgan Ele Vaxi katta o‘sishga erishdi. Buni gollar statistikasi ko‘rsatib turibdi. Ele to‘qqizta golidan ettitasini mavsumning ikkinchi qismida kiritdi.

Eng yaxshi transfer: Nil Al-Aynaui

O‘tgan yoz transfer qilingan futbolchilar orasida narxi va sifati mutanosibligi jihatidan Nil o‘zini oqladi.

“Nansi”dan 600 ming evroga xarid qilingan marokashlik futbolchi jamoa etakchisi bo‘la oldi.

Eng yomon transfer: Steyn Spirings

Niderlandiyalik futbolchi “Lans” murabbiylar shtabi va klub rahbariyati sabrini tugatishi uchun ikki oy kerak bo‘ldi xolos. To‘rtta o‘yinda maydonga tushgan yarim himoyachining ijara shartnomasi bekor qilinib, “Tuluza”ga qaytarib yuborildi.

Eng zo‘r uchrashuv: “Lans” – “Arsenal”

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Lans” futbolchilari Angliyaning qudratli klubi “Arsenal”ni engib, muxlislarini xushnud etdi.

Eng yomon uchrashuv: “Frayburg” – “Lans”

Chempionlar ligasida guruhdan chiqolmagan “Lans” xalqaro maydondagi ishtirokini Evropa ligasining o‘tish uchrashuvida davom ettirdi. O‘z maydonida “Frayburg” bilan golsiz durang o‘ynagan “Lans” javob o‘yinida 2:0 hisobida oldinda borib, oxirida uchta gol o‘tkazib yubordi.

Shomurodov xayrlashdi!

Xorijlik futbolchilar Fayzullaevga qanday baho berdi?

Mashhur murabbiy o‘zbek futbolini Qozog‘istonnikidan ustun qo‘ydi

Fayzullaev: Nimalar deyapmiz, hech qachon spirtli ichimlik ichmaganman!

Bu mag‘lubiyat Fayzullaev uchun alamli bo‘ldi

Fayzullaev kutilmagan "sinov"ni qanday engib o‘tdi?

Shomurodov bo‘yicha yangi muzokara bo‘ladi!

Fayzullaev bir pog‘ona ko‘tarildi

Legionerimiz Parijda chempion bo‘lmoqchi!

O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi “Evro-2024”da ishtirok etadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Парпибоев Шерали
26/05/2024 22:11
Нимага битта хабарни эллик марталаб айлантираверасилар