
Frantsiyaga ko‘z tegdi: Mbappedan tashqari yana bir yulduz qon to‘kdi (foto)
Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionati Frantsiya terma jamoasiga og‘ir keldi.
Chempionatdagi ilk uchrashuvda terma jamoaning ikki mashhur hujumchisiga shikast etdi. Frantsuzlarning asosiy yulduzi Kilian Mbappe burnini sindirib olgani ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Ayni paytda bu holat keng muhokama qilinmoqda.
Biroq, Antuan Grizmann ham avstriyaliklar bilan bo‘lgan bahsda qon to‘kdi. Ikkinchi bo‘lim boshida raqib bilan to‘p usun kurashda katta tezlikda maydon tashqarisiga chiqib ketgan tajribali futbolchi reklama to‘sig‘iga urilib, boshini yorib olgan.
Shifokorlar qonni to‘xtatib, Grizmanning boshini bog‘lab qo‘yishganidan keyin u o‘yinni davom ettira oldi.
Qizig‘i shundaki, Frantsiya terma jamoasi musobaqa oldidan Germaniyaga etib kelganidan keyin bir necha futbolchining mazasi qochgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikrlar