Frantsiyaning yana bir posboni terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

37 yoshli Stiv Mandanda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U 2008 yildan beri 35 ta bahsda maydonga tushgan. 

"L'Equipe" nashrining xabar berishicha, futbolchi ortiq terma jamoada to‘p tepishni istamayapti. U bor e’tiborini klubi "Renn"ga qaratishni ma’qul ko‘rmoqda.

Avvalroq, Frantsiya asosiy darvozaboni Ugo Loris ham halqaro faoliyatiga yakun yasagandi. U ketganidan keyin Mayk Menyan asosiy posbon bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!