Fransuzlar “Siti” tarbiyalagan yulduzga xaridor

  • 01.01.2026 14:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan “Strasburg” klubi ayni paytda Angliya Premier-ligasida “Nottingem Forest” sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachisi Jeyms Makeytini oʻz safiga qoʻshishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Bu haqida BBC xabar berdi.

Avvalroq futbolchiga “Chelsi” ham qiziqish bildirgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi. London klubi va “Strasburg” BlueCo kompaniyasi orqali umumiy mulk egasiga ega ekani sababli oʻzaro hamkorlik qiladi.

MakEyti aslida “Manchester Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “shaharliklar”ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda maydonga tushib, yettita gol urgan.

Biroq yosh oʻyinchi Xosep Gvardiola jamoasida asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qolgani uchun oʻtgan yoz 25,5 million yevro evaziga “Nottingem Forest”ga koʻchib oʻtgandi. Joriy mavsumda Makeyti yangi jamoasi safida barcha musobaqalarda 10 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!