"Freestyle Chess Grand Slam". Levon Aronyan Karlsenni mag‘lub etib, turnir chempionligini qo‘lga kiritdi. Javohir Sindarov esa 4-o‘rinni egalladi
Joriy yilning 5–12 dekabr kunlari JARning Keyptaun shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 660 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda dunyoning etakchi 8 nafar grossmeysteri aylanma va nokaut tizimida o‘zaro bahs olib bordi.
Ular orasida:
Musobaqada ishtirok etgan etakchi shaxmatchilar bilan tanishing:
1. Magnus Karlsen — Norvegiya
Grossmeyster (reytingi 2840, 1-o‘rin)
2. Fabiano Karuana — AQSh
Grossmeyster (reytingi 2795, 3-o‘rin)
3. Vincent Keymer — Germaniya
Grossmeyster (reytingi 2776, 4-o‘rin)
4. Arjun Erigaisi — Hindiston
Grossmeyster (reytingi 2775, 5-o‘rin)
5. Levon Aroniyan — AQSh
Grossmeyster (reytingi 2729, 20-o‘rin)
6. Javohir Sindarov — O‘zbekiston
Grossmeyster (reytingi 2726, 22-o‘rin)
7. Hans Moke Niman — AQSh
Grossmeyster (reytingi 2725, 23-o‘rin)
8. Parham Mag‘szudlu — Eron
Grossmeyster (reytingi 2708, 28-o‘rin)
Bugun hamyurtimiz Javohir Sindarov dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi Vintsent Keymerga bilan 3-o‘rin uchun o‘ynadi va ikkala bahsda ham mag‘lub bo‘ldi.
Finalda esa amerikalik Levan Aronyan va norvegiyalik Magnus Karlsen dona surdi. Birinchi bahs amerikalik sportchining g‘alabasi bilan tugagan bo‘lsa, ikkinchi bellashuvdagi durang Aronyanning chempionligi uchun etarli bo‘ldi.
Turnirda 4-o‘rinni egallagan Sindarov 60 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan Levon Aronyan 200 ming, 2-o‘rin sohibi Magnus Karlsen 120 ming va 3-o‘rin egasi Vintsent Keymer 80 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofotni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar