Frensis Ngannu faoliyatini barcha davrlarning eng buyuk jangchisi sifatida yakunlashi mumkin edi
Javohir Malikov
Kamerunlikning murabbiyi qattiq afsusda!
Taniqli MMA ustasi Frensis Ngannuning murabbiyi Erik Niksik so‘nggi bir necha yil ichida kamerunlik janglarga kam vaqt ajratganidan afsusda.
"Agar Frensisning Jairzinyo Rozenstraykdan, Siril Gan bilan bahsgacha bo‘lgan yo‘liga nazar tashlasak, MMAda ko‘proq vaqt o‘tkazmaganiga afsuslanaman, chunki biz ko‘plab rekordlarni yangilashimiz mumkin edi va bu orqali Ngannu faoliyatini barcha davrlarning eng buyuk jangchisi sifatida yakunlardi.
Buning uchun shunchaki oktagonda ko‘proq vaqt bo‘lishi kerak edi, xolos", - dedi amerikalik mutaxassis "MMA Junkie" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu 2026 yil 16 may kuni MVP turnirida Filippe Linsni 1 raunddayoq nokautga uchratdi.

Izohlar (0)