
Frensis Ngannu-Siril Gan jangida kim g‘alaba qozonadi? O‘zbekistonlik yakkakurash olami vakillari javob berdi (2-qism)
23 yanvar kuni "UFC 270" turniri tashkil etiladi. Markaziy jangda esa og‘ir vazn toifasi chempioni Frensisi Ngannu frantsiyalik Siril Gandan o‘z titulini himoya qiladi. Ushbu qarama-qarshilik borasida o‘zbekistonlik yakkakurash olami vakillarining fikr va mulohazalarini 1-qismini taqdim etgan edik. Navbat 2-qismga... Bu safar ham bir qator sportchi va murabbiylarimiz jangchilarning imkoniyatlari haqida o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.
Mirzohid Atabaev - murabbiy
- Siril Ganning kurashi u qadar kuchli, deb o‘ylamaymanku, ammo "teyk-daun"lardan yaxshi himoyalanadi. Har ikkisining kuchli jihati "stoyka" va ular bundan unumli foydalanadi. Umuman olganda ajoyib kikboksingni tomosha qilsak kerak. Baribir Ngannuning imkoniyati biroz yuqori va u jangda g‘alaba qozonsa kerak.
Shohasan Mirzamatov - MMA jangchisi
- Mazkur to‘qnashuvda Frensis Ngannuning imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim. U o‘z ishining ustasi va yuqori mahorat sohibi sanaladi. O‘ylaymanki, Ngannu ushbu jangda nokaut bilan g‘alaba qozonadi.
Azamat Nuftillaev- MMA jangchisi
- Qiziqarli jang bo‘ladi. Vazn toifadagi eng sara jangchilarning bahsiga guvoh bo‘lamiz. Nazarimda Siril Ganning salohiyati Ngannuni mag‘lub etishga etadi. Bu jangda Gan g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman.
Humoyun Muxtorov - MMA jangchisi
- Frensis Ngannu yutadi. Chunki, unda kuchli zarba bor. Aynan, ushbu zarba evaziga Ganni nokautga uchratsa kerak. U oktagonda o‘zini erkin his qiladi va birinchi raqamli bo‘lib harakat qiladi. Umuman olganda, barchasi oktagonda hal bo‘ladi.
Mansurbek Tolipov - muaytay ustasi
- Bu jangda biroz ustunlik Ngannu tarafida deb o‘ylayman. Biroq, Gan ham oddiy jangchi emas, u mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda. Lekin Ngannuning darajasi yuqoriroq. Har ikkisi "stoyka"da yaxshi harakat qiladi. Ammo Ngannuning zarbasi kuchli va ushbu ustunlik g‘alaba uchun muhim omil bo‘ladi.
Dadaxon Hasanov - MMA jangchisi, referi
- Kim g‘alaba qozonsa ham chiroyli jangni tomosha qilamiz. Men Ngannuning g‘alaba qozonishini kutmoqdaman. Gan texnikasini evaziga ochko hisobida yutishga harakat qiladi. Biroq, bunga Ngannu ko‘nmasa kerak va jangni muddatidan avval yakunlashga intiladi.
G‘iyosbek Mahkamov - murabbiy
- Frensis Ngannu juda ham tajribali jangchi hisoblanadi. "Stoyka"da jang bulsa 70% yutuq unda bo‘ladi. Agar, jang "parter"da kechsa, Siril Ganning imkoniyati oshadi. Har ikkisiga ham omad tilayman. Juda chiroyli jang buladi. Taxminimga to‘xtalsak, bu super jangda Frensis Ngannu g‘alaba kozonadi.
Qobilbek To‘laboev - muaytay ustasi
- Har ikkisi juda kuchli jangchilar, ular ishtirokidagi jang juda qiziqarli o‘tishi aniq. Biroq, Ngannu bu jangda anchagina ustun, deya olaman. Ngannuning jangda g‘alaba qozonish uchun salohiyati yuqori va u jangda muddatidan avval g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Imkoniyatlar 70/30 Ngannu hisobiga...
Frensis Ngannu-Siril Gan jangida kim g‘alaba qozonadi? O‘zbekiston yakkakurash olami vakillari javob berdi |
Fikrlar