Frimpong "Liverpul"ning hal qiluvchi oʻyinlari oldidan jarohat oldi
"Liverpul" hamda Niderlandiya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong yana bir bor jarohat oldi.
25 yoshli futbolchi Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvining ikkinchi boʻlimi boshida zahiradan maydonga tushirilgan edi. Biroq u 58-daqiqada jarohat sababli majburan almashtirildi.
Uyndan keyin Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman lateralning jarohat olganini tasdiqladi.
Endi "Liverpul"ni oldinda muhim bellashuvlar kutib turibdi. 4 aprel, shanba kuni jamoa Angliya kubogi chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi. 8 aprel kuni esa Arne Slot shogirdlari Chempionlar ligasi chorak finalidagi ilk uchrashuvda PSJ bilan toʻqnash keladi.
Niderlandiya — Ekvador oʻrtasidagi oʻrtoqlik bahsi esa 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Fikrlar