Futbol afsonasi Totti endi basketbolchilarga maslahatchi bo‘ldi
«Roma» jamoasining sobiq kapitani Franchesko Totti kutilmaganda basketbol olamiga qadam qo‘ydi. U iyun oyida amerikalik tadbirkor Pol Matiashich tomonidan tashkil etilgan yangi basketbol klubi – «Maksima Roma» loyihasiga ko‘mak berishga rozi bo‘ldi. Hozircha Totti klub rahbariyatiga maslahatchi sifatida yordam beradi, shuningdek, muxlislar bazasini kengaytirish va fanatlar harakatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Qiziqi shundaki, loyiha doirasida u bilan birga Chiro Immobile ham ishlashi mumkin. Har holda, derbyderbyderby.it nashri yozishicha, u ham shu munosabat bilan jamoa rahbariyati tayyorlagan videorolikda ko‘ringan.
Eslatib o‘tamiz, Franchesko Totti 2017 yilda professional futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar