Futbol agenti Donnarumma nega Xoland bilan do‘stlashganini tushuntirdi
«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma va jamoadoshi Erling Holand oʻrtasidagi yaqin munosabatlar haqida agent Enzo Rayola fikr bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, ikki futbolchini birlashtirib turadigan jihatlar koʻp.
«Ularning xarakteri oʻxshash. Ilgari Holand Mino Rayola bilan hamkorlik qilgan, Donnarumma ham u bilan juda yaqin edi. Erling ham, Jijo ham – yaxshi yigitlar, maydonda jangchi, lekin yuragi oltin. Shuning uchun ham ular bir-biri bilan juda yaxshi til topishadi», – deya Enzo Rayolaning soʻzlarini keltiradi Football-Italia.
Eslatib oʻtamiz, Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand «Manchester Siti» safini 2022 yil yozida toʻldirgan. Italyalik darvozabon Janluidji Donnarumma esa jamoaga uch yil oʻtgach qoʻshilgan.
Premyer-liga jadvalidа muhim oʻyinlardan biri sifatida qaralayotgan navbatdagi turda «Manchester Siti» yakshanba, 11 oktyabr kuni safarda «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar