Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol uchrashuvi vaqtida hakam maydonda otib o‘ldirildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jinoyat jazosiz qolmasligi kerak

Ekvadorda havaskor jamoalar oʻrtasidagi oʻyin vaqtida futbol hakami Xavyer Ortega maydonda otib oʻldirildi, deb xabar beradi LA100 nashri.

Halok boʻlgan hakamning yoshi maʼlum qilinmagan. Ortega oʻziga tekkan oʻq tufayli  maydonda darhol vafot etgan.

Hukumat nazorati ostida politsiya aybdorlarni va jinoyat sababini aniqlash uchun tergovni boshladi.

Maʼlum qilinishicha, tashkilotchilar hodisa sabablari aniqlanmaguncha kelgusi oʻyinlarni toʻxtatgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q