Futbolchi ham shunaqa omadsiz bo'ladimi?
MLS ishtirokchisi “Los-Anjeles G’elaksi” futbolchisi Riki Puch tizza jarohati sababli 2026 yil davomida futbol o‘ynolmasligi mumkin.
AQSh futboliga ixtisoslashgan insayder Tom Bogertning xabar berishicha, “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Riki Puchning tizzasi operatsiya qilinishi kerak. Bu esa uning yangi taqvim yildagi o‘yinlarda ishtirok etishini shubha ostiga qo‘yadi.
Ma’lum qilinishicha, operatsiya futbolchi avval ham jarohat olgan tizzada o‘tkaziladi. 26 yoshli yarim himoyachi oxirgi bor 2024 yil dekabr oyida maydonga tushgan edi.
U butun 2025 yilni tizzadagi jarohat tufayli maydondan tashqarida o‘tkazdi.
Riki Puch 2022 yilning yozida “Barselona”dan “Los-Anjeles G’elaksi” jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchining hozirgi klubi bilan shartnomasi 2027 yil oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar