
Futbolchilar bolboyni fojeadan qutqarib qoldi (foto)
Angliya Premer-ligasining ikkinchi turidan o‘rin olgan “Kristal Pelas” va “Vest Xem” o‘rtasidagi uchrashuvda noxush holat kuzatildi.
Ushbu bahsda mehmonlar Tomash Souchek va Jarrord Bouen tomonidan kiritilgan gollar sababli 2:0 hisobida zafa quchdi. 72-daqiqada kiritilgan ikkinchi to‘pdan keyin “Vest Xem” muxlislari to‘siqni buzib, maydonga yugurib tushdi.
To‘siq to‘p olib beruvchi bola – bolboyning ustiga ag‘darildi. “Vest Xem”ning bir necha o‘yinchilari vaziyatni to‘g‘ri baholab, to‘siqni ko‘targan holda qo‘rqib ketgan bolani uning ostidan chiqarib oldi.
Muxlislarning tartibsizligi va golni nishonlashda haddan oshib ketgani bir bolakay uchun fojea bilan yakunlanishiga bir bahya qoldi. Yaxshiki, futbolchilar o‘z vaqtida faollik ko‘rsatib, bu holatning oldini oldi.
Fikrlar