Italyan klubi futbolchilari xayrli ishga qo‘l urishdi
Italiya A Seriyasining "Kalyari" klubi futbolchilari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan moliyaviy qiyinchiliklarni engillashtirishni maqsad qilishdi.
Klub rasmiy matbuoti xabariga ko‘ra, futbolchilar aprel oyi maoshlaridan to‘laqonli voz kechishgan. "Kalyari" prezidenti Tommaso Julini qiyin vaqtlarda klubni qo‘llab-quvvatlagani uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan.
Bunday choralar klub ofis hodimlarining bir qismini ishda olib qolish imkoniyatini berdi, deyiladi klub rasmiy manbasida.
"Kalyari" klubi Italiya A Seriyasi joriy mavsumi 26 turidan so‘ng turnir jadvalida 32 ochko bilan 12 o‘rinni band etib turibdi

Fikrlar