Futbolchilar nimadan norozi?

  • 11 iyun, 2020, 14:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iste’dodli ijrochilarga boy bo‘lgan Serbiya futbolida yangi mojaro yuz berdi. “Borats” futbolchilari maosh berilmayotgani sababli ochlik e’lon qildi.

Tecno

Norozilik aktsiyasida jamoaning 25 nafar o‘yinchisi ishtirok etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, qarzdorlik klub tizimi va nomining “Borats 1926”ga o‘zgartirilishi oqibatida kelib chiqqan.

- Agar hukumat sportchilar bilan shunday munosabat qilishga uyalmas ekan, biz ham xatti-harakatlarimizdan uyalmaymiz, - deydi serb futbolchilari kasaba uyushmasi rahbari Mirko Poleditsa.  

 “Borats” futbolchilarini “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemanya Matich qo‘llab-quvvatlamoqda.

Vitaliy Denisov - sara sovrinlar sohibi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!