
Futbolchilardan voz kechishga majburmiz!
“Chelsi” yozda bir necha futbolchilarni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Oxirgi bir yilda “aristokratlar” 600 million evroga yangi o‘yinchilarni sotib olgandi. Lekin bu taktika ish bermadi.
Yulduz futbolchilarni bir jamoaga biriktirib o‘ynatadigan murabbiy topilmadi. Klub rahbariyati jamoani Maurisio Pochettinoga topshirdi. Argentinalik mutaxassis jangovar tarkib shakllantirishi kerak.
Lekin buning uchun klub bir necha o‘yinchini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Jurnalist Tom Roddining ta’kidlashicha, londonliklar moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun istamasa ham o‘yinchilaridan voz kechishga majbur.
Mutaxassislar Maurisio Pochettino tarkibni tozalamay turib, o‘zi ko‘zlagan yangi ijrochilarni “Chelsi”ga olib kelolmaydi. Demak, yozda “Chelsi” transfer bozoridagi asosiy ishtirokchilardan biriga aylanadi.
Fikrlar