"Futures Cup" turniri. Yana bir hamyurtimiz turnirni tark etdi, 4 nafari esa keyingi bosqichda

  • 12.03.2026 06:18
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Tailandning Bangkok shahri boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti. Kechagi dasturdan 5 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgan edi.

-55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Bekzod Ismoiljonov kolumbiyalik Ruben Naglesni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi – 5:0.

Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev ham keyingi bosqichda. Bokschimiz Paragvay vakili Ian Berthomierni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Abdugani Yorqinjonov navbatdagi bahsini ham g‘alaba bilan yakunladi. Bokschimiz bu yo‘lda -50 kg vaznda italyalik Imad Bouraouiani 5:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Bobomurod Boymirzaev qozog‘istonlik Dosjan Jumahanga hakamlarning qarorlariga ko‘ra 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

-65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Ibrohim Shokirjonov mezbon bokschi Nattajakapan Ditpoonni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi – 5:0.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!