Futzal. AGMK 3-o‘rin uchun bahs olib boradi

Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda eronliklar 7:3 hisobida zafar quchishdi. Shu tariqa Aleksandr Petrov boshqaruvidagi AGMK jamoasi uchinchi o‘rin uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. 

Bronza medali uchun kechadigan bahsda olmaliqliklarga Vetnamning "Tay Son Nam" klubi raqiblik qiladi. Mazkur o‘yin 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo chempionati, Yarim final

AGMK (O‘ZBEKISTON) - "Mes Sungun" (Eron) 3:7

Gollar: Akbar Usmonov (18), Choriev (19), Rahmatov (32) — Askari (9, 32), Farhod Fahim (12), Shajari (14), Javid (16, 36,36)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
15/08/2019 17:54
Е бечоралар шунисигаям шукур