
Futzal. AGMK "Bunyodkor"ni ayab o‘tirmadi
Futzal bo‘yicha Oliy liga 1-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - AGMK baxsi yakuniga etdi va unda nominal mehmonlar 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Olmaliqliklar safida Avazbek Abduvaliev (4), Davlat Ibragimov (6), Artur Yunusov (9), Muzaffar Axadjonov (20), Davron Valijonov (34) raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. "Qaldirg‘ochlar" safida yagona golga Muhammadbobur Rahmonberdiev (9) mualliflik qildi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb AGMK darvozaboni Rustam Umarov tan olindi.
Fikrlar