
Futzal. AGMK Osiyo chempionati chorak finaliga chiqdi
Unda yurtimiz sharafini O‘zbekistonning amaldagi chempioni - AGMK klubi himoya qilmoqda. Bugun Aleksandr Petrov shogirdlari musobaqaning 3-turi doirasida Qatarning "Al Rayyan" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 7:5 hisobida g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, AGMK hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa guruhda 2-o‘rinni olgan holda pley-offga yo‘l oldi. Qayd etish joiz, olmaliqliklar so‘nggi bor 2016 yilda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edilar.
Futzal. Osiyo chempionati.
«B» guruhi, 3-tur.
"Al Rayyan" (Qatar) — AGMK (O‘zbekiston) 5:7
Gollar: Tohiriy (1, 25), Safari (11, 23, 24) — Davron Choriev (3, 13), Ilhomjon Hamroev (5), Akbar Usmonov (17, 18), Husniddin Nishonov (28), Ixtiyor Ropiev (35)
"Al Rayyan" — 1. Abdulrahmon al-Qahton, 12. Ahmad Halil, 13. Ali al-Ajmi, 2. Maaz Yusuf, 3. Saad al-Mohannadi, 4. Muborak al-Jarboiy, 5. Said al-Bulushi, 6. Muhammad Safariy, 7. Muhammad Tohiriy, 8. Abdulrahmon al-Yafiy, 9. Xazem Sami Salim, 10. Abdulloh Salim, 11. Rashid al-Boinin, 14. Muborak al-Muxaza.
AGMK — Dastlabki beshlik: 1. Rustam Umarov (darvozabon), 4. Ixtiyor Ropiev, 5. Ilhom Hamroev, 6. Husniddin Nishonov, 7. Dilshod Rahmatov.
Zaxiradagilar: 2. Abbosbek O‘lmasbekov (darvozabon), 3. Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 9. Alan Aminov, 10. Akbar Usmonov, 11. Timur Berdiev, 12. Davron Choriev, 13. Islombek Biyturaev, 14. Anasxon Rahmatov.
Fikrlar