
Futzal. Bugun O‘zbekiston Ispaniyadan revansh olish imkoniyatiga ega
Avval xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun puxta tayyorgarlik olib bormoqda.
Bahodir Ahmedov shogirdlari nufuzli musobaqadan oldin Ispaniya va Portugaliyada xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Rejaga ko‘ra, bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Madriddagi Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi sport majmuasida Ispaniya terma jamoasiga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda termamiz 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar