
Futzal JCh. Chorak finalga yo‘l olgan ilk jamoa nomi ma’lum!
Biroz oldin Futzal bo‘yicha davom etayotgan Jahon chempionati ilk nimchorak final bahsi o‘z yakuniga etdi.
Unda Rossiya Vetnamga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ruslar Chishkalaning dubli hamda Robinoning goli evaziga g‘alabaga erishdi.
Vetnamliklar safida esa Nguen hamda Hoalar gol muallifiga aylandi. Endi Rossiya chorak finalda Argentina va Paragvay juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Fikrlar