
Futzal. "Jizzax Kenteks" o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Paxtakor" hamda "Jizzax Kenteks" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va nominal mehmonlar 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mazkur bahsda Husniddin Nishonov xet-trik muallifiga aylandi. Shuningdek, Ilhom Hamroev va Elbek To‘lqinov bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Jizzax Kenteks" O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar