
Futzal: “Metallurg” va “Ardus” yarim finalga yo‘l oldi
Bugun futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston kubogining chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 1/4 finalning dastlabki bahsida Bekobodning "Metallurg" va Buxoroning "Kogon" jamoalari o‘zaro bellashishdi.
Unda Nikolay Odushev boshchiligidagi bekobodliklar g‘alaba qozonishdi va dastlabki yarim finalchiga aylanishgan bo‘lsa, 1/4 finalning ikkinchi bahsida "Ardus" va "O‘zsanoatqurilishbank" jamoalari muxlislarga haqiqiy futzal shousini namoyish etib berishdi.
Gollarga boy o‘tgan qiziqarli va juda ham keskin o‘yinda "Ardus" g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va yarim finalga yo‘l oldi, deya xabar beradi O‘FU matbuot xizmati.
O‘zbekiston kubogi
Chorak final, 23.03.2017
"O‘zbekiston" sport majmuasi
"Metallurg" - "Kogon" 2:0
Gollar: I.Yusufjonov 14, M.Fayzullaev 40.
"Ardus" - "O‘zsanoatqurilishbank" – 7:5
Gollar: A.Umarjonov 5, 26, D.Choriev 11, 29, 37, A.Aminov 14, G.Ismoilov 24 (avtogol) - A.Musabarov 1, D.Abdurahmonov 15 (avtogol), F.Qodirov 16 (pen.), A.G‘aniev 17, F.Miryunusov 21.
Fikrlar