Futzal, OCh–2018. O‘zbekiston terma jamoasi chorak final oldidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi

  • 7 fevral, 2018, 18:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida Vetnam futzalchilariga qarshi bahs olib boradi. Bahodir Ahmedov shogirdlari bugun, 7 fevral kuni bo‘lajak bahs oldidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi.

Xinzhuang Gymnasium sport majmuasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Yaponiyaga qarshi o‘yinda yuz bergan xatolar ustida ishlandi. Shuningdek, pressing holatidan chiqish, autlardan to‘pni kiritish uslublari amalda qo‘llandi.

Mashg‘ulot davomida murabbiylar shtabi Vetnamga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Vetnam – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 8 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. “Sport TV” telekanali ushbu o‘yinni to‘rg‘idan-to‘g‘ri translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!