Futzal Osiyo kubogi. Chorak final juftliklari ma'lum
Indoneziya mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi o‘zining qizg‘in pallasiga yetib keldi. Bugun musobaqaning 3-tur bahslari yakunlandi va chorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi. Chorak final o‘yinlarini "A" guruhi peshqadami Indoneziya va "B" guruhini ikkinchi o‘rinda yakunlagan Vyetnam terma jamoalari o‘yini ochib beradi. Ikkinchi o‘yinda esa Tailand va Iroq terma jamoalari parketga chiqadi. "S" guruhi peshqadami sifatida chorak finalga chiqqan Yaponiya ning raqibi Afg‘oniston terma jamoasi bo‘lsa, O‘zbekiston qit’aning eng kuchli jamoasi Eron bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, chorak final bahslari 3-4 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar