Futzal Osiyo kubogi. Yarim finalning uchinchi ishtirokchisi nomi ma'lum
Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qilayotgan qit’a birinchiligining chorak final bahslari davom etmoqda. "S" guruhini peshqadam sifatida yakunlagan Yaponiya terma jamoasi Afg’onistonga qarshi parketga chiqdi. Uchrashuvda kunchiqar yurt vakillari yirik 6:0 hisobida raqibni mag’lub etib, yarim final chiptasiga ega chiqdi. Endi yaponlar Vyetnam va Indoneziya uchrashuvi g’olibiga qarshi yarim finalda bahs olib boradi.
Fikrlar