
Futzal. O‘zbekiston – Gvatemala (matnli translyatsiya)
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Birozdan so‘ng O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatining dastlabki turidan o‘rin olgan Gvatemalaga qarshi o‘yini boshlanadi. Bahsni saytimiz orqali matnli translyatsiya qilib boramiz.
0. Uchrashuv yakunlandi. Afsuski, so‘nggi soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga terma jamoamiz mag‘lubiyatga uchradi.
1. GOL! So‘nggi soniyalarda burchak zarbasidan so‘ng gol o‘tkazib yubordik.
1. Raqib futbolchisi ochiq darvozaga to‘pni kirita olmadi.
1. O‘yin davom ettiriladi.
1. Penalti yo‘q. Bahodir Ahmedov taym-aut oldi.
1. Darvozamiz tomon penalti belgilanishi mumkin. Raqib futbolchisi jarima maydoni ichida yiqtildi.
2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Uzoq davom etgan hujum gol bilan yakunlandi. Chorievning zrbasini raqib futbolchisi o‘z darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi.
3. Chorievning zarbasini darvozabon yuzi bilan qaytardi.
4. VUUUUUUUH! Kombinatsiyadan so‘ng Nishonov darvoza tomon zarba yo‘lladi. Kuchli biroq noaniq!
5. GOOOOOOOOOOOL! Yana Ropiev. Chiroyli kombinatsiyani Ixtiyor gol bilan yakunlandi. Uyg‘onamiz yigitlar
6. Bahodir Ahmedov yigitlardan faollikni so‘ramoqda.
8. Mashrab Odilovning jarimadan yo‘llagan zarbasini raqib futbolchisi qaytardi.
9. Nishonovning zarbasi ancha noaniq chiqdi.
10. SEEEEEYV! Raqib posboni Nishonovning kuchli zarbasini qaytarishga erishdi. Bugun ushbu posbon jamoasining joniga oro kirmoqda.
11. Chorievning zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytdi. Keyingi zarbani esa darvozabon ushlab oldi.
12. Jo‘raev hakam tomonidan ogohlantirildi.
13. Termamizda qulay imkoniyat bo‘lishi mumkin edi, ammo ikki futbolchimiz bir-birini tushunmay qoldi. Yakunda darvozabon to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
14. Uolter Enrikes ogohlantirildi.
14. Nishonovning uzatmasi jamoadoshiga etib bormadi.
15. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Ixtiyor Ropiev uzoq masofdan darvozaga mixlab qo‘ydi.
15. Raqib posbonidan seyv. Ropiev qiyin vaziyatda darvozaga zarba yo‘lladi, ammo Lester Arevalo to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
15. Ropievning zarbasini Hamroev darvozaga to‘g‘rilab qo‘yolmadi
16. Akbar Usmanov qoida buzganligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
16. Bu safar Anasxon Rahmatov qoida buzdi. Futbolchilarimiz juda asabiylamoqda
17. Autdan uzatilgan to‘pni raqib futbolchisi uzoq masofadan darvozaga yo‘lladi. Umarovdan seyv
18. GOL! Sandoval Marvin dublga erishdi. Futbolchilarimiz osonlikcha uni o‘tkazib yubordi va navbatdagi golni o‘tkazib yubordi
19. Hamroev fol ishlatdi
20. Hamroevning uzatmasidan so‘ng Chorievning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydon tashqarisiga yo‘l oldi
20. Ikkinchi taym boshlandi!
0. Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha Gvatemala termasi 3:1 hisobida oldinda bormoqda.
1. ZARBAAAA! So‘nggi soniyalarda Nishonovning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
1. Alay Aleksandrning kuchli zarbasini Umarov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
2. Rahmatovning zarbasini darvozabon ushlab oldi
3. O‘yingohda O‘zbekistondan tashrif buyurgan muxlislar tinimsiz vakillarimizni qo‘llab-quvvatlamoqda.
4. Termamiz burchak zarbasi tepish imkoniyatiga ega.
5. Himoyadan turib, hujumga to‘p uzatildi. Afsuski, Hamroev eta olmadi.
6. VUUUUH! Umarov bu safar bizni goldan qutqardi.
7. Patrik Ruizning zarbasi Rahmatovga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
7. Follar bo‘yicha hisob tenglashdi. Anashon raqibiga nisbatan qoida buzdi
8. Rahmatov bir raqibini ortda qoldirib, zarba yo‘lladi. Darvozabon bu safar ham qaytardi.
9. Gol inobatga olinmadi. Hujum boshida Choriev qo‘pollik ishlatgandi.
9. Chelenj olindi. Kutamiz...
9. Ropievning goli inobatga olinmadi. Gol bo‘lishidan avval qoida buzildi deb topildi
9. Ropievning erlatib yo‘llagan zarbasini darvozabon maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
10. Choriev jamoadoshlarini tinchlanishga chaqirmoqda. Olg‘a yigitlar
10. Akbar Usmanovning uzoq masofdan yo‘llagan kuchli zarbasi ancha baland ketdi.
11. Raqib futbolchisi jarima maydoni tashqarisidan o‘z omadini sinab ko‘rdi. Noaniq!
12. Terma jamoamizning hujumlari yakunlanmay qolyapti. Raqib himoyachilari ishonchli harakat qilmoqda.
13. GOL! Alan ikki futbolchimizni ortda qoldirib kuchli zarba bilan oradagi farqni yana bittaga oshirdi
14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Diyor Ropiev hisobni qisqartirdi. Futbolchimizning kuchli zarbasini darvozabon qaytara olmadi.
15. GOL! Sandoval Marvin uzoq masofadan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi.
15. Hamroev noqulay pozitsiyadan darvoza tomon zarba yo‘lladi. Noaniq!
16. GOL! Afsuski, terma jamoamiz gol o‘tkazib yubordi. Gol muallifi Fernando.
17. Fernando bahsdagi ilk folga sababchi bo‘ldi
18. Vakilimizning uzoqdan yo‘llagan zarbasi darvozabon uchun qiyinchilik tug‘dirmadi.
18. Hamroevning Chorievga yo‘llagan uzatmasi biroz kuchli chiqdi. Aks xolda gol ko‘rishimiz mumkin edi.
19. Raqib futbolchisining bosh bilan yo‘llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi.
20. Uchrashuv boshlandi. To‘pni Gvatemala terma jamoasi o‘yinga kiritib beradi.
O‘zbekiston Respublikasi madxiyasi yangramoqda
Terma jamoamiz bugungi o‘yinda "ko‘k" rangdagi liboslarda harakat qiladi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda
Fikrlar