
Futzal. O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Litvada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Termamiz safidagi gollarga Choriev va Odilov mualliflik qildi. Rossiya termasida esa Niyazov xet-trikka erishdi. Shuningdek, Robino bitta gol urdi.
Shunday qilib, rossiyaliklar ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, yakka peshqadamga aylanib oldi. Bizning hisobimizda hali ochko yo‘q.
Fikrlar