Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi muhim o‘yinini qaysi telekanal namoyish etadi?
Bugun futzal bo‘yicha Litvadagi jahon chempionati guruh bosqich bahslari davom ettiriladi. Biz uchun 3-tur uchrashuvi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki o‘yinda imkoniyatni boy berib turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda. Endi bugun Bahodir Ahmedov shogirdlari 3 ochkosi bor Misrga qarsha bahs yuritadi.
Kvartetimiz peshqadami Rossiya esa Gvatemala bilan bellashadi. Ikki o‘yin ham Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
O‘zbekistonning Misrga qarshi uchrashuvi "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar