
Futzal. O‘zbekistonda mehmon bo‘lgan terma jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan birinchi o‘yin yakuniga etdi. Braziliya va Argentina o‘rtasidagi bahsda nominal mezbonlar 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bahsning 11-daqiqasida Vaporaki argentinaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 13-daqiqada Borutto oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, "pentakampeonlar" a’zosi Ferrao o‘z goli bilan jamoasiga biroz umid bag‘ishladi, ammo hisob boshqa o‘zgarmadi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina finalda Portugaliya - Qozog‘iston juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar