Futzal. Terma jamoamiz xalqaro o‘rtoqlik bahsida ishonchli g‘alabaga erishdi

  • 11.07.2024 21:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yurtimizda o‘tadigan Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan futzal terma jamoamiz bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Gvatemala terma jamoasiga qarshi kechgan bahs 3:1 hisobida jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, uchrashuvdagi barcha gollar terma jamoamiz futbolchilari hisobiga yozildi. Abror Ahmetzyanov, Mehroj Yunusov hamda Fazliddin Botirov tomonidan kiritilgan gollar jamoamiz hisobiga yozilgan bo‘lsa, Sunnat Jo‘raev avtogol muallifi bo‘ldi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston - Gvatemala 3:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!