
Futzal. Yarim finalga chiqqan dastlabki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Marokash hamda Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi. Unda nominal mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yin taqdirini hal etgan yagona gol 11-daqiqada Rodrigo Tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, braziliyaliklar yarim final yo‘llamasiga ega chiqqan ilk jamoaga aylandi. Endi bu bosqichda ularga Rossiya va Argentina to‘qnashuvi g‘olibi raqiblik qiladi.
Fikrlar