
Fyodorov "Al Rayyan"ga qarshi kechgan bahs haqida: Bu o‘rtoqlik o‘yini emas
"Birinchi navbatda “Lokomotiv”ning barcha muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Hozirgi holatda bu o‘yin bizga hech nima bermasdi, buni kecha ham ta’kidlagandim. Oz bo‘lsada muxlislar kelganiga rahmat. Kecha menga bu o‘yin deyarli o‘rtoqlik maqomida o‘tishini va qanday qilib futbolchilarga ishtiyoq berishimni aytishgandi. Bu o‘rtoqlik o‘yini emas! OChL o‘yinlari ko‘p bo‘lmaydi.
Ha, o‘yin juda yomon boshlandi. Ma’murning bu xatosini uning o‘yin amaliyoti kamligi bilan bog‘lagan bo‘lar edim. Asosiysi, taslim bo‘lmadik va asabiylashmaslikka intildik. Tanaffusda futbolchilarga xotirjam bo‘lish kerakligini aytdim. Ikkinchi bo‘lim boshidan, balki butun bir taym davomida o‘yinni nazorat qildik va hujumlarni ajoyib yakunlay oldik. Bu esa g‘alabaga olib keldi. Yigitlarning g‘alabaga chanqoqligi yuqori edi. Ha, bunga qadar ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik.
G‘alaba 3 ochkodan boshqa hech nima bermasligini barcha bilsa ham, futbolchilarga g‘alaba qozonish shart ekanligini va o‘zimizni yo‘qotib qo‘ymasligimizni, Har doimgidek o‘ynash kerakligini tushuntirdim. Ayta olamanki, bugun kamroq xato qildik", - Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Fikrlar