Fyuri qachon MMAga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 18.12.2019 12:29
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sky Sports analitiki Spenser Oliverning xabar qilishicha, britaniyalik bokschi Tayson Fyuri MMAga o‘tib ketadi va UFC bilan shartnoma imzolaydi.

"Fyuri shaxsan o‘zimga bitim asosida yana 2 ta jang o‘tkazishi kerakligini va shundan so‘ng, MMAga o‘tib ketishini aytib berdi.

U UFCga o‘tishi borasida gapirdi. Fyuri barchasini juda jiddiy aytdi," - dedi Oliver.

Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Las-Vegasda Fyuri Deontey Uaylderga qarshi revansh jangi uchun ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!