Gabriyel faoliyatini "An-Nasr"da davom ettirishi mumkin
"Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Londonning "Arsenal" klubi vingeri Gabriel Martinelli yana Saudiya Arabistoni chempionati vakillarining radariga tushdi. Riyodning "An-Nasr" klubi futbolchi uchun asosiy daʼvogarl hisoblanadi. Xabarlarga koʻra, "kanonirlar" 24 yoshli futbolchini sotib yuborishga qarshi emas va jamoa direktori kelasi mavsum oldidan yangi vinger topishni rejalashtirmoqda. Martinelli oʻtgan yozda ham Saudiyaga yoʻl olishi mumkin edi, biroq u Evropada qolishni tanlagan edi. Futbolchi Jahon chempionatidan soʻng qarorini oʻzgartirishi yoki yoʻqmi bunisi nomaʼlum.
Maʼlumot uchun, Martinellining "Transfermarkt" portalidagi narxi 45 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar