G‘alabaga ulkan hissa qo‘shgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

  • 5 may, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatining 35-turida “Roma” futbolchilari 60 mingdan ko‘p muxlislar ko‘z o‘ngida kuchli raqib – “Fiorentina” ustidan kichik hisobda zafar quchdi.

Tecno

Mag‘lubiyatsiz seriyasini 19 ta uchrashuvga etkazgan rimliklar bu ko‘rsatkich bo‘yicha “top-5” ligalarida etakchilik qilmoqda.

“Bo‘rilar”ning g‘alabasida Eldor Shomurodov muhim rol o‘ynadi. 29 yoshli hujumchimiz jarima maydonchasiga yuqoridan uzatilgan to‘pni qulay vaziyatda turgan Artyom Dovbikka aniq etkazib  berdi.

Ukrainalik hujumchining birinchi bo‘limning so‘nggi lahzalarida kiritgan to‘pi uchrashuvda yagonaligicha qoldi.

O‘yin tahlili bilan shug‘ullangan tuttomercatoweb.com portali ekspertlari “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

Svilar 7,5:

Uchrashuvning asosiy qahramonlaridan bo‘ldi. Svilar darvozasi tomon yo‘llangan barcha zarbalarni bartaraf etdi.

Chelik 6:

Himoyada Kinning yo‘lini to‘sishdan tashqari, “Roma” o‘yinchilaridan birinchi bo‘lib, David de Xea darvozasiga zarba yo‘lladi.

Manchini 6,5:

 - Himoya markazida raqib hujumchisi Kin bilan ko‘p to‘qnash keldi. Mohir hujumchiga o‘yin bermadi.

Ndika 7:

Bu futbolchi “Roma”ning haqiqiy devoriga aylanib qoldi.

 Sule 6:

Butun qanot bo‘ylab o‘ynaydigan o‘yinchi sifatida shakllandi. Shunga qaramay, hujum uyushtirishni kanda qilmaydi va buni yaxshi uddalaydi.

Kristante 6:

O‘ng qanot yarim himoyachisi pozitsiyani ancha o‘zlashtirib olgani ko‘rinyapti. Har ikki qanotda o‘ynaydigan o‘yinchiga aylandi.

Gurna-Duat 6,5:

Maydonda zaxiradan tushishi bilan o‘yin dinamikasini ushlab turishga katta hissa qo‘shdi.

Kone 6:

O‘z qanotidan tashqari, maydon markazida ham javlon urishiga to‘g‘ri keldi. O‘z vazifasini matonat bilan bajardi.

Pellegrini 6:

Bir necha pozitsiyada o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Biroq oldindagi ikki hujumchini to‘p bilan ta’minlashni uddalay olmadi. Tanaffusda o‘rnini Pizilliga bo‘shatib berdi.

Pizilli 6:

O‘yinga aytarli ta’sir o‘tkazgani yo‘q. Qulay vaziyatni boy berdi.

Anjelino 6,5:

Chap qanot bo‘ylab hujum uyushtirishga ko‘nikib qolgan bu futbolchi Shomurodovga havolatib pas uzatdi. Eldor uni gol muallifi Dovbikka tashlab berdi.

Shomurodov 6,5:

Klaudio Ranerining ish uslubini anglamasangiz, uni tushuntirib berishni aynan o‘zbek futbolchisidan so‘rang. Shomurodov bu gal Artyom Dovbikning goliga assistentlik qildi. G‘alabaga yana munosib hissa qo‘shdi.

Baldantsi 6:

65-daqiqada Shomurodovni o‘rniga maydonga tushgan futbolchi asosan qarshi hujumlar uyushtirishga e’tibor qaratdi.

Dovbik 7:

“Roma”ning eng ko‘p tanqid qilinadigan futbolchisi o‘z mahoratini yana bir bor namoyish qildi. Shomurodov uzatgan to‘pni boshi bilan “Fiorentina” darvozasiga joylab qo‘ydi.

Raneri 6,5:

Bu murabbiyning “Olimpiko”dagi sarguzashtlari oxiriga etmoqda. “Fiorentina”ga qarshi bellashuvda birinchi bo‘limda qo‘lga kiritilgan ustunlikni o‘yin oxirigacha ushlab qoldi. Raneri “Roma”ni engilmas jamoaga aylantirdi.

Husanovni zaxiraga “mixlagan” o‘yinchi xushxabar oldi!

Shomurodov – “avliyo”! Eldorning gaplari to‘g‘ri chiqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
05/05/2025 06:31
Шома маладец
&
Olim
05/05/2025 01:08
Ajoyib!