"Galatasaray" "Bavariya" futbolchisini oʻz safiga qoʻshib olishga yaqin
Myunxening "Bavariya" klubi himoyachisi Sasha Boe "Galatasaray" klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqida "Footmercato" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Istanbul klubi fransiyalik futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Sasha yaqin kunlarda Turkiya klubining tibbiy ko‘rikdan o‘tib, undan so‘ng "Galatasaray" bilan shartnoma imzolashi aytilmoqda.
25 yoshli himoyachining Nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun, Boe joriy mavsum Myunxen klubi safida 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar