"Galatasaray" MYu futbolchisini sotib olmoqchi

  • 29.03.2026 01:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Fichajes xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchiga "Galatasaray" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Turk klubi uning transferi uchun 60 million yevro taklif qilishga tayyor. Fernandeshning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Ma'lumot uchun, futbolchi joriy mavsumda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 17 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!