"Galatasaroy" ustozi koronavirusdan sog‘ayganidan so‘ng nimalar dedi?

"Galatasaroy" klubi bosh murabbiyi Fatix Terim koronavirusdan sog‘ayani haqida xabar berib o‘tdi.

"Bir oy atrofi virus bilan kurashdim, endi esa uzoq kutilgan natijani sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman. Menda virusga o‘tkazilgan test salbiy natijani ko‘rsatdi. Iltimos, o‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qilishga jiddiyroq e’tibor bering", - deya aytib o‘tdi Terim.

16-aprel kungi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada pandemiya bilan yuqtirib olganlar soni 70 mingga yaqinlashdi, jahon bo‘yicha esa ushbu ko‘rsatkich 2 milliondan oshdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!