G‘alati fakt. Har gal “Real” chempion bo‘lganida, “Barsa” etakchi yulduzlarini yo‘qotmoqda

  • 01.09.2020 14:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning Marca nashri o‘z o‘quvchilari e’tiborini g‘alati faktga qaratdi. Unga ko‘ra, “Real” so‘nggi to‘rtta chempionligini qo‘lga kiritgan yillarda “Barselona”ni yulduz darajasidagi futbolchilar tark etgan ekan.

Xususan, madridliklar La Liga g‘olibiga aylangan 2008 yilda Ronaldino va Frank Raykard, 2012 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola, yana besh yildan so‘ng Neymar “Barselona”dan ketgan. 

Bu gal kataloniyaliklar chempionlik sovrini bilan birga o‘z  tarixidagi eng zo‘r to‘purar Lionel Messidan ayrilmoqda. Messi qatoriga jamoadan ketkazilayotgan Luis Suares, Ivan Rakitich, Arturo Vidal va boshqa qator futbolchilarni ham qo‘shish mumkin.

Messi nihoyat “Barsa”dan ketish sababini aytdi

“Barselona” Messiga ahmoqona shart qo‘ydi

“Barselona” Messiga kutilmagan taklif bilan chiqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!