Gallaxer: Biz "Real"dan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldik

  • 19.04.2023 04:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" Chempionlar ligasiining chorak finalida "Real"ga umumiy 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ikkinchi to‘qnashuvdan keyin Konor Gallaxer o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Menimcha, biz yaxshiroq o‘ynadik va ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ammo futbolda tavakkal qilishga ham to‘g‘ri keladi. Biz esa bunday qilmadik", - dedi angliyalik yarim himoyachi. 

"Chelsi" uchun mavsum juda yomon o‘tmoqda. Klub ketma-ket 4 ta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmoqda. "Real" esa ushbu g‘alabadan keyin yarim finalga yo‘l oldi. "Qaymoqranglilar"ni oldinda "Manchester Siti" yoki "Bavariya" kutmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!