"Gannover 96" mutaxassisi "Sho‘rtan" taklifini qabul qildi

  • 1 mart, 05:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, bu safar pro ligadan Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va endi elitada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan "Sho‘rtan" klubini yangi mavsumda qiziqarli sarguzshatlar kutayotgan bo‘lsa ajab emas. Jamoa bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘lidan bormoqda. 

Tecno

G‘uzorliklar hamma vaqt o‘zining tarbiyalanuvchilariga suyanish g‘oyasini ilgarib surib keladilar. Shu bois ham katta pullarni chetdan keladigan futbolchilarga ishlatishdan ko‘ra, mahalliy yoshlarni etishtirishga yo‘naltirishni ma’qul ko‘radilar. Hozirda jamoada bir qancha mahalliy futbolchilar bor. Klubning ertasini aynan mahalliy iqtidorli futbolchilar tashkil qilishini istashayotgani e’tiborga molik. Buning uchun albatta, klub tizimida tarbiyalanayotganlar va murabbiylarning bilim darajasini oshirish, yangi bosqichga ko‘tarish zarurligini "Sho‘rtan" mutasaddilari juda yaxshi tushunib turishibdi. Bu borada esa Evropa klublarining ish tajribasi ayni muddaodir. Ayni shu maqsadda g‘uzorliklar navbatdagi qadam tashlamoqdalar. 

Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, “Sho‘rtan“ futbol klubi o‘z infratuzilmasini rivojlantirish va yosh iste’dodlarni yuqori saviyada tayyorlash maqsadida xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. 2024 yil oxirida Germaniyaning “Gannover 96” klubi mutaxassisi Andrey Vaybert G‘uzorga tashrif buyurib, murabbiylar uchun Evropa futboli metodikasini tanishtirgan edi.

Hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida germaniyalik mutaxassisni yana “Sho‘rtan“ futbol klubi taklif qildi. Joriy tashrif doirasida mutaxassis bir oy davomida jamoa va akademiya murabbiylari bilan ish olib boradi.

Vaybert zamonaviy futbol metodikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazib, murabbiylar va yosh futbolchilarga o‘z bilim va tajribasini o‘rgatadi. Shuningdek, futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligiga e’tibor qaratib, ularning professional rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

“Sho‘rtan“ akademiyasi uchun bu tashrif muhim ahamiyat kasb etib, kelajakda jahon standartlariga mos futbolchilarni etishtirishga zamin yaratadi. Klub rahbariyati ushbu hamkorlikni uzoq muddat davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Ko‘rib turganingizdek, "Sho‘rtan" "Gannover 96" klubining ish andozasini o‘zida sinab ko‘rmoqchi va bu borada germaniyalik mutaxassis bilan yaqindan ishga kirishishgan. "Sho‘rtan" jamoasi tizimining yanada shakllanishida, futbolga qarashlarini tubdan o‘zgartirishda mazkur hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!