
Garnacho MYuning joriy mavsumdagi 100-goliga mualliflik qildi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Alexandro Garnacho Angliya premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urdi.
18 yoshli futbolchi jarohat tufayli ikki oyni o‘tkazib yubordi, ammo shu hafta oxiri maydonga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Garnacho "bo‘rilar" bilan o‘yinda 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda to‘pni raqib darvozasiga yo‘lladi. Bu gol "qizil iblislar" uchun joriy mavsumdagi barcha musobaqalardagi 100-gol bo‘ldi.
2022/23 yilgi mavsumda yosh vinger mankunianliklar safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar