Garsiya va Xeyni revansh jangi borasida kelishib oldi

  • 22 iyun, 2024, 03:25
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Rayan Garsiya va Devin Xeyni 2025 yilda revansh jangini o‘tkazadi.

Avvalroq, Nyu-York shtat atlet komissiyasi Garsiyani antidoping qoidalarini buzgani uchun 12 oyga diskvalifikatsiya qilgani ma’lum bo‘lgandi. Shundan so‘ng, Garsiya va Xeyni o‘rtasidagi jang o‘tkazilamagan deb topilgandi. 

"U mag‘lubiyatga uchramaganiga xursand bo‘lsin. Chunki menga bunday g‘alaba kerak emas. Rayan diskvalifikatsiyang tugagach, yana jang qilamiz. Toza, adolatli boks bo‘lsin. Bu shubhasiz, boksdagi eng katta voqea", - deb yozdi Xeyni.

"Yaxshi, Devin men roziman. Biz keyingi yil yana bir marta ringda ko‘rishamiz. Ungacha tayyorgarligingni ko‘r", - dedi Garsiya.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!